11:47 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Transportno-logisticheskiy kompleks

Ushbu yilning 9 oyida eksport rejasi oshigʻi bilan bajarilgan

© Sputnik / Stanislav Savin
Iqtisod
Havola olish
156 0 0

Oʻzbekistonda 2019 yilda eksport qilinayotgan mahuslotlar turi 74 taga oshgan va eksport geografiyasi 42 mamlakatga kengaygan.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yilning 9 oyida ichida eksport qilinayotgan mahsulotlar turi oshgan va eksport geografiysi kengaygan. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida boʻlib oʻtgan xorijiy mamlakatlar bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi, yangi investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda xabar qilindi.

Yigʻilishda maʼlum qilinishiga koʻra, 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida eksport hajmi qariyb 10 milliard AQSH dollarini tashkil etib, reja oshigʻi bilan bajarilgan. Eksport qilinayotgan mahuslotlar turi 74 taga oshgan va eksport geografiyasi 42 mamlakatga kengaygan. Oʻsish surʼati asosan meva-sabzavotchilik, toʻqimachilik, avtomobilsozlik, energetika tarmoqlari hissasiga toʻgʻri kelgan, deyilgan xabarda.

Majlisda shuningdek, prezidentning BAAga tashrifi yakunida imzolangan loyihalar muhokama qilindi. Xususan, 300 million dollar evaziga Samarqand shahri infratuzilmasini rivojlantirish, Navoiy viloyatida 200 million dollarlik shamol va 150 million dollarlik quyosh elektr stantsiyalari qurish, 203 million dollar evaziga Sirdaryo viloyatida tsellyuloza, omuxta yem va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi agrosanoat klasteri tashkil etish loyihalari va boshqa masalalar koʻrib chiqildi. 

Majlisning batafsil bayonoti bilan quyida tanishing.

Asosiy mavzular