10:23 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Situatsiya posle vыborov prezidenta v Respublike Uzbekistan

YEOII va JST: Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasi tayyorlandi

© Sputnik / Valeriy Melnikov
Iqtisod
Havola olish
88420

“Oʻzbekiston Respublikasining 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlanishi kontseptsiyasi” loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasining 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlanish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Hujjatni Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tayyorladi.

Kontseptsiyada belgilangan maqsadlarga erishish uchun qisqa muddatli (2022-2026 y.) va uzoq muddatli (2027-2030 y.) “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilgan.

Qaror loyihasida iqtisodiy oʻsish va davlatning uzoq muddatli istiqbolda yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga oʻtishiga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yettita ustuvor yoʻnalishlari belgilab berilgan:

1. Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda institutsional oʻzgarishlar va ustuvor yoʻnalishlar.

2. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari;

3. Inson kapitalini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari.

4. Innovatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari;

5. Muhandislik kommunikatsiyalari va sanoat infratuzilmasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari;

6. Investitsion va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash ustuvorliklari;

7. Hududlarning muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari.

Birinchi bosqichda (2019-2021 y.) qabul qilingan hujjatlarni amalga oshirish orqali iqtisodiyot yangi sharoit va bozor mexanizmlariga moslashadi, quyidagi vazifalarga taʼsir qiladi:

- makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash;

- davlat xizmati uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini isloh qilish;

- byudjet siyosati sohasidagi rivojlangan davlatlar standartlariga oʻtish;

- bozor munosabatlarining institutsional bazasini kelgusi rivojlantirish;

- taʼlim, fan, sogʻliqni saqlash, AKT sohalarini rivojlantirish, inson kapitaliga investitsiyalarni orttirish;

- korruptsiyani cheklash va xufyona iqtisodiyot darajasini pasaytirish;

- YEOII va boshqa bir qator davlatlar bilan erkin savdo shartnomalarini imzolash hisobiga tashqi savdoni kengaytirish;

Ikkinchi bosqichda (2022-2025 y) ishlov berish sanoatini tez rivojlantirish, foydalaniladigan resurslardan oqilona foydalanishni oshirish, barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan yangi bozor va sanoat tuzilmalarni shakllantirish hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarida sifatli tarkibiy oʻzgarishlarga erishiladi.

Bu bosqichda samarali bandlikni kengaytirish va boshqa ijtimoiy muammolarni hal etishdagi hissasini kuchaytirish orqali iqtisodiy oʻsishning sifati sezilarli ravishda oshadi.

Bu bosqichda davlat siyosati tadbirlarining asosiy ustuvor yoʻnalishlari:

- makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish;

- davlat xizmatini isloh qilish, korruptsiyani kamaytirish, davlat boshqaruvi sifatini oshirish va nomarkazlashtirish, mahalliy jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, hududiy rivojlantirish;

- ishlab chiqarish kuchlari klasterli taqsimlash printsipiga asoslangan yangi eksportga yoʻnaltirilgan sanoat siyosatiga oʻtish;

- mamlakatning EOII va JSTga aʼzo boʻlishini, savdo siyosati va eksportni liberallashtirish, notarif savdo toʻsiqlarini qayta koʻrib chiqish va bitimlar va JST qoidalariga muvofiqligini izchil oʻrganish.

Uchinchi bosqichda (2026-2030 y) iqtisodiyotni xom ashyo eksportidan innovatsion rivojlanish turiga oʻtkazish, eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotni quyidagilar hisobiga jadal rivojlantirish:

suv, yer, mineral xom ashyo va energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish;

inson kapitalini rivojlantirish (kamida 5 ta milliy universitet TOP-500 ga kirishi; maktab taʼlimi sifati boʻyicha mamlakat TOP-30 ga kirishi; majburiy tibbiy sugʻurta bilan qamrab olishini 99% gacha yetkazish);

xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar va fuqarolarning aksariyatida innovatsion yoʻnalishni shakllantirish, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni innovatsion va texnologik modernizatsiyalashni rivojlantirish;

bilimli odamlarning keng oʻrta qatlamini va odamlar uchun teng imkoniyatlarga ega boʻlgan demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirish (gender tengsizligini toʻliq bartaraf etish).

Hujjat 22 oktyabrgacha muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular