06:41 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stantsii

Tojikiston Oʻzbekistondan 9,4 million dollarlik gaz sotib oldi

© Sputnik / Stringer
Iqtisod
Havola olish
159 0 0

Tojikiston Energetika vazirligi 2019 yilning yanvar oyidan avgust oyiga qadar xarid qilingan oʻzbek gazini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. 2019 yilning sakkiz oyi mobaynida Tojikiston Oʻzbekistondan 9,4 million dollarlik gaz sotib oldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston mamlakat Energetika va suv resurslari vazirligi maʼlumotlariga asoslanib xabar qildi.

Shu bilan birga, Tojikistonning “Tadjiktransgaz” gaz taqsimlovchi kompaniyasi ushbu davrda qancha oʻzbek gazi import qilinganini ochiqlamagan.

Uchastok magistralnogo gazoprovoda
© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev

Energetika vazirligi maʼlumotlariga qaraganda, oʻtgan yili Oʻzbekistondan Tojikistonga 54 million kub metr gaz xarid qilingan.

Import qilingan gaz bilan mamlakatning yigirmadan ortiq tashkilotlari, jumladan, Tojikiston alyuminiy kompaniyasi taʼminlangan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning boshida "Tojiktransgaz" kompaniyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Shavkat Shoimzoda kompaniya joriy yilda Oʻzbekistondan 200 million kub metr tabiiy gaz sotib olishni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular