22:30 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Chet eldan Oʻzbekistonga yuborilgan valyuta hajmi 18%ga oshdi – Markaziy bank

© Sputnik / Aleksey Suxorukov
Iqtisod
Havola olish
24810

Oʻzbekistonga yuborilgan valyuta hajmi 18%ga, ichki bozorda valyuta aylanmasi 30 % oshdi – Markaziy bank.  

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Ushbu yilning 9 oyida Oʻzbekistonda xalqaro pul oʻtkazmalari umumiy hajmi - 5,2 milliard  dollarga yetdi. Shundan 4,5 mlrd. $ - jismoniy shaxslardan Oʻzbekistonga kelib tushgan pullar  va 0,8 mlrd $ – xorijga yuborilgan pullar, deb xabar qilmoqda Markaziy bank.

“Xalqaro pul oʻtkazmalari orqali respublikamizga kirib kelgan valyuta mablagʻlar hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 18% ga oshdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil yanvar-sentyabr oyida Oʻzbekistonda yuborilgan valyuta miqdori 3,8 mrld. Dollarni tashkil qilgan edi.

Markaziy bank
Xalqaro pul oʻtkazmalari va ichki bozorda valyuta ayirboshlash hajmi

Shuningdek, Markaziy bank Oʻzbekiston ichki valyuta bozori 2019 yilning 9 oyida 1,3 baravar oʻsganini xabar qildi.

“2019 yilning 9 oyi davomida ichki valyuta bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining jami aylanma hajmi 24,3 mrld. AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davridagi koʻrsatkichga (18,3 mrld. doll.) nisbatan 1,3 barobarga oshdi”, - deyilgan xabarda.

Bank xabarida aytilishiga koʻra, ichki bozorda valyutaga boʻlgan talab (7,7 mld) taklifdan (4,8 mlrd) koʻra koʻproq boʻlgani tufayli Markaziy bank tomonidan qoʻshimcha valyuta interventsiyalari boʻlib turgan. 

MB
Ichki bozorda xorijiy valyutaga talab va taklif miqdori

Asosiy mavzular