08:00 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
376 0 0

Qonunda bank faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish, bank faoliyatining oʻziga xos tavakkalchiliklarini nazorat qilish, jumladan va tavakkalchiliklarni boshqarishga doir talablar belgilangan. Jumladan, banklarning ustav kapitali miqdori 100 mlrd. soʻmni tashkil etadi.

TOSHKENT, 11 okt - Sputnik. Senatining 23-yalpi majlisida deputatlar “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini maʼqulladilar.

Qonunda bank faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish, bank faoliyatining oʻziga xos tavakkalchiliklarini nazorat qilish, jumladan va tavakkalchiliklarni boshqarishga  doir talablar belgilangan. Jumladan, banklarning ustav kapitali miqdori 100 mlrd. soʻmni tashkil etadi.

Qonun bilan bankni tashkil etish, banklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun dastlabki ruxsat berish, bank faoliyatiga litsenziyalar berish, investorlar tomonidan bank aktsiyalarini Markaziy bank roziligisiz xarid qilish tartibi takomillashtirilmoqda.

Shuningdek banklararo operatsiyalar, banklar va ularning mijozlari oʻrtasidagi munosabatlar, kreditlar, depozitlar boʻyicha foiz stavkalari, shuningdek kreditlar qaytarilishini taʼminlash tartibga solinmoqda. Moliyaviy muassasalar tegishli xizmatlar koʻrsatish, axborot taqdim etish, murojaatlarni koʻrib chiqish va monopoliyaga qarshi qoidalarga banklar rioya etishini nazorat qilish orqali bank xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi belgilab qoʻyilmoqda.

Bundan tashqari, banklarda hisob, hisobdorlik va auditorlik tekshiruvi toʻgʻrisidagi normalar kiritilmoqda, u buxgalteriya hisobi yuritishni, moliyaviy muassasalar hisobdorligini, bank operatsiyalariga doir hujjatlarni saqlashni, banklarning auditorlik tekshiruvini va auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchi tegishli tashkilotga qoʻyilgan talablarni oʻz ichiga oladi.

Asosiy mavzular