08:00 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
202 0 0

Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident farmoni qabul qilindi.

TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining donorlar bilan hamkorligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish borasida takliflar ishlab chiqish boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi.

Shuningdek, Farmonga koʻra, davlat organlari qiymati 100 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlgan grantlarni tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish va donorlar bilan hamkorlik qilish dasturlariga kiritgan holda jalb etadi.

Farmon bilan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Komissiyasining texnik koʻmagini muvofiqlashtirish byurosi (OʻzByuroKES) tugatildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Tashqi begʻaraz koʻmakni muvofiqlashtirish departamenti tashkil etildi.

Farmonga koʻra, 2019 yil 1 dekabrdan boshlab:

- Oʻzbekiston Respublikasiga donorlar delegatsiyalari tashriflarini va ularning rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlarini tashkil etish boʻyicha soʻrovlarni Tashqi ishlar vazirligiga oldindan yuborish muddati 30 ish kunidan 15 ish kunigacha qisqartiriladi;

- grant oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan koʻchirmalarni, shuningdek, texnik koʻmak mablagʻlari toʻgʻrisida axborot va idoraviy hisobotni Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;

- grant oluvchilar har chorakda  olingan va oʻzlashtirilgan grantlar hamda amalga oshirilayotgan tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etadi;

- davlat organlari rahbarlari grant mablagʻlarini jalb qilishda bevosita qatnashgan hodimlarni mehnatga haq toʻlash minimal miqdorining 15 baravarigacha bir yoʻla mukofotlash tarzidagi ragʻbatlantirishga haqli boʻladi.

Asosiy mavzular