14:29 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Iqtisod
Havola olish
297531

Rossiya xalqaro hisob-kitoblardan Amerika valyutasini siqib chiqarmoqda. Bunda Moskvaga AQSH bosimidan jafo chekkan savdo hamkorlari koʻmaklashmoqda.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya xalqaro hisob-kitoblardan Amerika valyutasini siqib chiqarmoqda. Bunda Moskvaga AQSH bosimidan jafo chekkan savdo hamkorlari koʻmaklashmoqda. Rossiya va Turkiya milliy valyutada hisob-kitob qilishga kelishib olgani dedollarizatsiyadagi navbatdagi yutuq boʻldi. Tez orada Turkiya banklari SWIFT᾽ning rus muqobiliga ulanishadi va “Mir” kartalarini qabul qilishni boshlashadi. RIA Novosti xabariga asosan.

Rubl va lira uchun

Hozirda jahon savdosidagi oldi-sotdining 70 foizi dollarda amalga oshirilmoqda, lekin amerika valyutasining pozitsiyasi kundan-kunga zaiflashmoqda. Dollardan Vashingtonning sanktsiyalar roʻyxatiga tushgan va Oq uyning agressiv va oldindan aytib boʻlmaydigan siyosatidan charchagan mamlakatlar voz kechmoqda.

Bundan ikki yil ilgari Rossiya, Eron va Turkiya neft, gaz va qator tovarlar uchun hisob-kitobni milliy valyutada amalga oshirishga qaror qilishgandi. 2017 yilning oʻzidayoq qariyb 9 foiz turk eksporti milliy valyutada amalga oshirilgandi.

2018 yil avgustida Donald Tramp turk poʻlati importi tarifini ikki baravarga oshirdi. Shundan soʻng lira dollarga nisbatan 20 foizdan ortiq qadrsizlandi. Anqara eksportyor oldiga milliy valyutada xalqaro hisob-kitoblarning ulushini oshirish uchun har qanday vosita va mexanizmni ishga solish vazifasini qoʻydi.

Oʻtgan yili Turkiya bilan savdoning 22 foizi rubl va liraga toʻgʻri keldi. Shundan 21,1 foizi rus valyutasi  rublga. Bundan tashqari, Rossiya va Turkiya 12,9 foiz hisob-kitobni yevroda amalga oshirdi. Shunday boʻlsa ham qolgan 65 foizini dollar egalladi. Endilikda ikki davlat amerika valyutasidan voz kechishdagi navbatdagi qadamni tashlashdi.

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov va Turkiya gʻaznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak imzolagan hukumatlararo bitim turk banklari va kompaniyalari rus toʻlov tizimiga ulanishini nazarda tutadi. Turkiyada rus kartalari “Mir”ni qabul qilishga imkon beruvchi infratuzilma yaratiladi. Amalda bu
ikki mamlakatning tijorat banklari transchegaraviy oʻtkazmalar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri korrespondentlik hisoblaridan yanada faol foydalanishi mumkinligini anglatadi.

SWIFT muqobili

SWIFT xalqaro banklararo axborot uzatish va toʻlovlarni amalga oshirish tizimidan 200 dan ortiq mamlakatlardagi 10,8 mingga yaqin yirik tashkilotlar foydalanadi. Vashington Moskvaga bir necha marta ushbu tizimdan uzib qoʻyib bilan tahdid qilgandi.

Bu barcha tahdidlarga javoban Rossiya Rossiya banki Moliyaviy xabarlarni uzatish tizimini (SPFS) yaratdi va hozirda xitoylik, turkiyalik va eronlik tartibga soluvchilar bilan uning ishini muvofiqlashtirmoqda.

Olgʻa siljish sezilmoqda: SWIFT᾽ning rus muqobiliga sakkizta xorijiy banklar ulandi, uchtasi toʻliq ravishda toʻlovlarni oʻtkazmoqda, beshtasi hozircha tizimni sinovdan oʻtkazmoqda.

Rossiyaga dollar tobeligini zaiflashtirishda Xitoy yordam bermoqda. Mamlakatlar oʻrtasidagi hisob-kitobning milliy valyutadagi ulushi 17 foizga yetdi va bu oʻsishda davom etmoqda.

2015 yilda “Gazpromneft” oʻzining butun neft eksportini Xitoyga yuanda amalga oshirdi. Joriy yilning avgust oyida esa “Rosneft” eksport shartnomalari uchun dollardan foydalanishni toʻxtatishini maʼlum qildi.

Xitoy ham oʻzining moliyaviy tizimini (CIPS) rivojlantirmoqda. Unga bir necha Rossiya banklari allaqachon ulangan.

Sentyabr oyida Eron bilan ham hisob-kitobni milliy valyutada faollashtirishga kelishib olindi. Iyul oyida esa Rossiya va Hindiston Markaziy banklari qurol-yaroq boʻyicha tegishli bitim tuzishdi. Qurol-aslaha – oʻnlab milliard dollar keltiruvchi Rossiyaning Hindistonga asosiy eksporti. Bu boradagi eng yirik shartnoma 325 milliard rublga 5 dona “S-400” zenit-raketa tizimlarini yetkazib berish.

Asosiy mavzular