15:20 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Zdaniye Tsentralnogo banka Uzbekistana

Markaziy bank xodimlari uchun qator taʼqiqilar kiritilmoqda

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
485 0 0

Belarus tajribasidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Markaziy banki xodimlariga qator taʼqiqlar kiritilmoqda.

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Kecha yakuniga yetgan Senatning  23-chi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri tasdiqlandi. Bu haqida Kun.uz xabar qilmoqda.

Yangi qonunda Markaziy bank xodimlari uchun bir qator cheklov choralari kiritilgan. Ularga koʻra, Markaziy bank xodimlari uchun quyidagilar cheklangan:   

  • haq toʻlanadigan biror-bir boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanish, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish mustasno;
  • banklar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kirish; 
  • oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan bank sirini tashkil etuvchi axborotni yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa axborotni uchinchi shaxslar manfaatlarini koʻzlab oshkor etish yoki undan foydalanish.

Xabarda aytilishiga koʻra, yuqoridagi cheklovlar manfaatlar toʻqnashuvi va korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan  va ular Belarus tajribasidan kelib chiqqan holda kiritilgan.

Ikkinchidan, bundan buyon Markaziy bank xodimlari tadbirkorlik subʼyektlari, kredit tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolari va boshqa bir qator tashkilotlar va shaxslarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga jalb etilmaydi.

Undan tashqari, Markaziy bank boshqaruvi tarkibi 11 kishidan 9 kishiga kamaytiriladi va ulardan 2 nafari mustaqil aʼzo boʻladi. Yaʼni MB boshqaruvi tarkibiga MB raisi, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, shuningdek boshqaruvning ikki nafar mustaqil aʼzosi kiradi. 

Mustaqil aʼzolar MB raisining taqdimnomasiga koʻra Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Senatda maʼqullangan qonun prezident imzolab, rasman eʼlon qilinganidan soʻng kuchga kiradi.

Asosiy mavzular