09:19 05 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Iqtisod
Havola olish
25610

Alibaba Group Oʻzbekistonga Xitoyning yirik kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga yordam beradi.

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Bugun, 13 oktyabr kuni Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Xitoyning Alibaba Strategik hamkorlik markazining ilmiy tatqiqotlar instituti Bosh kotibi, Sin Cheng bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

“Uchrashuvning asosiy maqsadi – Xitoyning yirik kompaniyalari bilan hamkorlik ishlarini yanada kengaytirish. Xususan, elektron tijoratni rivojlantirish va b2b onlayn platformani yaratish (marketpleys) masalalari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.   

Alibaba— internet tijorati boʻyicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biridir. Bugungi kunda kompaniya kapitalizatsiyasi 500 milliard dollarni tashkil qiladi.

Asosiy mavzular