Soliq qo‘mitasining 166 nafar xodimi Moskvada malaka oshiradi

© DSQ38 nalogovikov otpravilis na stajirovku v Moskvu
38 nalogovikov otpravilis na stajirovku v Moskvu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Soliq qo‘mitasining 38 nafar xodimi Moskvaga malaka oshirishga jo‘nab ketishdi. Yil oxiriga qadar jami 166 nafar soliqchilar treningdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Davlat Soliq qo‘mitasining 166 nafar xodimlari Moskvada Rossiya Soliq xizmati tomonidan tashkil qilingan treningda ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik soliqchilar Moskvada “Soliq to‘lovchilar bilan munosabatlarni samarali yo‘lga qo‘yish” mavzusida tashkil etilayotgan treninglarda malaka oshiradilar. Datlabki bosqichda ishtirok etadigan 38 nafar xodimlar bugun 13-oktabr kuni Moskva shahriga jo‘nat ketishdi. Ular 20-oktabrga qadar malaka oshiradilar, - deyilgan xabarda.  

Malaka oshirish uchun navbatdagi guruhlar 20-27 oktabrda - 50 kishi, 27-oktabrdan 3-noyabrgacha - 50 kishi, hamda 3-10 noyabrda - 28 kishi tarkibida yuboriladi. 

Malaka oshirish kurslarida soliq xodimlarining tadbirkorlar bilan professional tilda muloqot qilish hamda soliq tulovchilarning talablariga mos xizmatlar sifatini oshirishga e’tibor qaratiladi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0