14:38 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Kakoy xleb pekut v raznыx stranax mira

Don, un va non: hukumat qarori tasdiqlandi

© REUTERS / Akhtar Soomro
Iqtisod
Havola olish
904 0 0

Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʻliq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʻliq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 15 oktyabrdan:

- 2019 yil hosilidan tayyorlangan va un ishlab chiqarishga moʻljallanmagan bugʻdoy gʻalla isteʼmolchilarining barcha toifalariga faqat birja orqali sotiladi;

- davlat xaridlari doirasida sotib olingan bugʻdoyni qayta ishlashdan olingan un barcha isteʼmolchilarga 100 foiz toʻlovni oldindan amalga oshirish orqali ochiq birja savdolarida sotiladi;

- 2019 yil hosilidan tayyorlangan bugʻdoyning 1 tonnasi un ishlab chiqarishga 1300 ming soʻmdan ulgurji narxda sotiladi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifalariga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi oshirilib, 50 000 soʻm miqdorida belgilandi.

 Shuningdek, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab kompensatsiya oladigan aholi toifalariga quyidagilar ham qoʻshildi:

- 14 yoshgacha boʻlgan bolalari uchun nafaqa oluvchi oilalar;

-  belgilangan eng kam miqdorda yoshga doir pensiya oluvchilar.

Asosiy mavzular