14:10 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy

Rossiya Moliya vazirligi migrantlar uchun syurpriz tayyorlamoqda

Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
173630

Yaqin kelajakda Rossiya Moliya vazirligi migrantlarga patentga nisbatan qulayroq boʻlgan soliq tizimini taklif qilishi mumkin.

TOSHKENT, 15 okt – Sputnik. Rossiya Moliya vazirligi YEOII aʼzosi boʻlmagan MDH davlatlari migrantlari uchun, tajriba tariqasida, soliq tartibi joriy etishni rejalashtirmoqda.

Moliya vazirligi Oʻzbekiston, Tojikiston, Ukraina, Ozarbayjon va Moldovadan kelgan mehnat migrantlariga patent toʻlovi oʻrniga "Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar soliq tizimi"dan foydalanishni taklif qilmoqchi. Bu migrantlar xarajatlarining kamayishiga xizmat qilishi mumkin.

Mutaxassilar fikriga koʻra, mehnat migrantlari maoshlariga 4-6 % soliq solish, ular ishlasa-ishlamasa-da oyiga toʻlanayotgan 4-5 ming rubl patent pulidan koʻra kamroq boʻlishi mumkin.

Ushbu chora Rossiyaga yanada koʻproq mehnat migrantlarni taklif qilish uchun amalga oshirilmoqda. Chunki bugungi kunda, demografik sabablar tufayli, Rossiyada mehnatga layoqatli aholi soni kamayib bormoqda va ishchi kuchiga ehtiyoj sezilmoqda.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Rossiya migrantlar soni boʻyicha dunyodagi katta uchlikka kirgan. Birinchi oʻrinda AQSH – 50 mln migrant, ikkinchi oʻrinda Saudiya Arabistoni – 37 mln., Rossiya – 12 mln migrantlar soni bilan uchinchi oʻrinda.

Asosiy mavzular