MB: Eksport hajmlari o‘sgan, ammo valyuta yetishmovchiligi bor

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishZnak protsenta
Znak protsenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘lov balansining joriy hisobi defitsiti 2019-yil 9 oyi yakuni bo‘yicha 1,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Ya’ni mamlakatga xorijiy valyutaning jami sof kirimi salbiy ko‘rsatkichga ega.

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Markaziy bank 2019-yil 9 oyi yakuni bo‘yicha dastlabki to‘lov balansini tayyorlab e’lon qildi. Ayni paytda keltirilgan ayrim ko‘rsatkichlar yakuniy ma’lumotlar bilan farq qilishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Izoh: to‘lov balansi mamlakat tomonidan chet elda muayan muddatda amalga oshirgan to‘lovlari hamda huddi shu davrda chet eldan kelgan tushumlar miqdorining nisbatidir.

Ushbu yilning 9 oyida eksport rejasi oshig‘i bilan bajarilgan

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Ayrim tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tarildi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019-yil 9 oyi yakuni bo‘yicha to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 1,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan 2018-yilning huddi shu davri bilan solishtirganda 50%ga qisqargani (3,1 mlrd AQSh doll) aniqlanadi. Ya’ni mamlakatga xorijiy valyutaning jami sof kirimi salbiy ko‘rsatkichga ega.

Jahon bozorlarida O‘zbekistonning birja tovarlari uchun maqbul narxlar konyunkturasi shakllanganligi tovarlar eksporti hajmini 11,1 mlrd AQSh dollargacha o‘sishiga zamin yaratdi. 

Eksportni oshirish uchun aqlli import qilish kerak - ekspert

Tovarlar importi 15,6 mlrd AQSh dollarga yetdi. Importning eng salmoqli o‘sishi (mos ravishda 21% va 26%) mashina va uskunalar hamda transport vositalari (jami import hajmidan 32%) importiga to‘g‘ri kelib, jami importning 13% ni tashkil qildi. Natijada, savdo balansining salbiy saldosi 2018-yilning 9 oyiga nisbatan 17% ga yaxshilanib, 4,5 mlrd AQSh dollarni tashkil etdi.

Yangiliklar lentasi
0