08:25 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Arkadiy Brыzgalin

Soliq eksperimentlari oxiri nima bilan tugaydi?

© Foto: Alexey Napalkov
Iqtisod
Havola olish
398 0 0

Oʻzbekistondagi soliqlar islohotini “Nalogi i finansovoye pravo” (Soliqlar va moliyaviy huquq) kompaniyalar guruhi rahbari, huquqshunos Arkadiy Brыzgalin ijobiy baholar ekan, yakuniy natija biznesga va qator boshqa omillarga bogʻliq boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda keng miqiyosli soliq islohoti olib borilmoqda. Bir tarafdan qator soliqlar birlashtirilib soddalashtirilsa, boshqa bir tarafdan ayrim stavkalar, shu jumladan, QQS pasaytirilmoqda. Rossiyalik ekspert fikricha, bunday holatda hukumat mantigʻini tushunsa boʻladi va ushbu yoʻnalishdagi siyosat tegishli talablarga muvofiq tarzda rivojlantirilsa, natija ijobiy boʻlishi mumkin. Shunday boʻlsa-da, koʻplab tahlikali omillar yoʻq emas.

“Soliq stavkalari pasaytirilishi – iqtisodiyot rivojlanishiga turtki berish uchun keng qoʻllaniladigan usul. Bu borada AQShda Reyganning soliq borasidagi siyosati ayniqsa ijobiy natija koʻrsatgan. Rossiyada ham 2000-yillar boshida soliqni 30 dan 13% gacha pasaytirilishi bilan qator ijobiy natijalarga erishilgan. Bunda asosiy urgʻu biznes uchun yengilliklar hosil qilishdir. Natijada, biznes rivoj topib, ishlab chiqarishga va yangi ish joylarini tashkil etishga hissa qoʻshadi. U kuchayganida esa, dastlab davlat xazinasida kamaygan mablagʻlar tiklanibgina qolmay, mamlakatda kuchaygan ishbilarmonlar sinfini vujudga keltiradi”, - dedi Brыzgalin Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda.

Ayni paytda, mablagʻlar nomuvofiq tarzda taqsimlansa yoki oddiy qilib aytganda, ular suisteʼmol qilinsa, ushbu mablagʻlar boshqa yoʻllarga – biznesmen yoki amaldorlarning chet el hisoblariga, yaxta va villalariga ketib qolishi ehtimoli bor. Byudjeti uchun yoʻqotishlardan xavfsiragan holda bu kabi liberal islohotlarni hamma davlatlar ham oʻtkaza olmaydi.  

Soliq yuki kamaytirilsa ham byudjetga tushumlar 1,5 baravar oshdi

“Bu borada Oʻzbekiston prezidentini faqat qoʻllab-quvvatlab, unga zafar tilab qolish mumkin. QQSni birdaniga 5% ga, yaʼni aslini olganda butun bir chorakka pasaytirish - qoyil qolsa boʻladigan qaror, nazarimda. Asosiysi, endilikda biznes undan kutilayotgan natijalarni oqlab, iqtisodiy oʻsishni namoyish etishi va shu orqali mamlakatga investitsiyalar kelishini taʼminlashi talab qilinadi”, - deya xulosa qildi ekspert.

Rossiyalik soliqchilar ham, bu orada, oʻzbek hamkasblariga islohotlarni amalga oshirishda koʻmaklashishga tayyor ekanliklarini qayd etish joiz. Xususan, respublika soliq sohasi mutaxassislarining RFda taʼlim olishi va malaka oshirishi yuzasidan kuni-kecha kelishib olindi.

Asosiy mavzular