06:58 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Gendirektor Natsionalnogo soyuza proizvoditeley govyadinы Roman Kostyuk

Oʻzbekistonda goʻsht muammosini genetika va texnologiyalar hal qila oladi

© Natsionalnыy soyuz proizvoditeley govyadinы
Iqtisod
Havola olish
302 0 0

Oʻzbekiston yirik qoramol importini oshirmasdan goʻsht ishlab chiqarilishini oshirishi mumkin. Muayyan choralarning koʻrilishi muammoni yechilishiga olib keladi, deydi Rossiyada mol goʻshti ishlab chiqaruvchilari milliy ittifoqi bosh direktori Roman Kostyuk.

TOSHKENT, 17 okt - Sputnik. Joriy yil 22 oktyabrdan eʼtiboran Qozogʻiston hududidan urgʻochi mollar olib chiqilishi taʼqiqlanadi. Bunday choraga sabab qilib Oʻzbekistonga tirik qoramol bosh soni import hajmi koʻpaygani koʻrsatilmoqda. Joriy yil birinchi yarim yilligi oʻzida respublika 63 mingdan ziyod chorva boshini sotib olgan.

Qozogʻiston Oʻzbekiston tufayli qoramol olib chiqishni taʼqiqladi

Rossiyaning chorvachilik sohasida ekspert fikricha, mavjud sharoitdagi Qozogʻistonning ushbu qarori mantiqiy va balanslashtirilgan. Oʻzbek fermerlari holati yuzasidan ekspert respublika chorvachilik tarmogʻida sifatli oʻzgarishlarga urgʻu qoʻyish zarurligini aytib oʻtdi.

“Dastlab butun chorvachilik sohasida mumkin qadar mustaqil bahoga ega boʻlish uchun, ilojisi boʻlsa, tashqaridan xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda keng miqiyosli audit oʻtkazish zarur. Chorvachilikni rivojlantirish va goʻsht ishlab chiqarilishi hajmlarini oshirish uchun hayvonlarni boʻrdoqiga boqish, kelgusida takror ishlab chiqariladigan eng munosib qoramol zotlarini tanlab olish jarayoniga alohida eʼtibor qaratish kerak” – deydi Kostyuk.

Respublikada hozirda soʻyilayotgan chorvalar hajmi mavjud imkoniyatlarning bor-yoʻgʻi 40% - 50% ini bermoqda. Ushbu imkoniyatlar chorvani professional tarzda boʻrdoqiga boqish va mukammallashtirilgan genetikani joriy etish yoʻlga qoʻyilganidagina mumkin boʻlar edi. Yaʼni, muammo chorva tanqisligida emas, uning toʻgʻri meʼyorgacha yetkazilishida, deb fikr bildirdi rossiyalik ekspert.

“Genetik va texnologik choralarning toʻgʻri qoʻllanilishi aslida Oʻzbekistondagi goʻsht ishlab chiqarilishini oshirishi mumkin”, - xulosa qildi ekspert.

Chorvachilik sohasida muammoni hal qilish uchun prezident Shavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kuni maxsus yigʻilish oʻtkazdi. Uchrashuv davomida respublika rahbari zarur infrastrukturani rivojlantirish, toʻlaqonli yem-hashak bazasini betoʻxtov taʼminlab berish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va bu sohada kadrlarni tayyorlash masalalariga eʼtibor qaratdi.

Asosiy mavzular