13:43 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Analitik finansovoy gruppы Kalita-finans Dmitriy Golubovskiy

“Ishtahani tiygan yaxshi”. Ekspert Oʻzbekistonni qarzlarga botmaslikka chaqirdi

© Sputnik /
Iqtisod
Havola olish
129511

Oʻzbekistondagi soliq islohotlariga baho berar ekan, moliyaviy tahlilchi Dmitriy Golubovskiy soliqlarning pasaytirilishi barobarida, respublika oʻzini noqulay vaziyatga qoʻyishi mumkinligini taxmin qildi.

TOSHKENT, 17 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda qoʻshimcha qoʻshilgan qiymat soliq stavkasi 1 oktyabrdan 20% dan 15%ga tushirildi. Bu orada joriy yil birinchi yarim yilligi natijalari boʻyicha respublikaning tashqi qarz hajmi 13,09 mlrd AQSH dollarini yoki YAIMning 23,5% ini tashkil etdi.

“QQSning 20% dan 15% ga tushirilishi – iqtisodiyot rivojlanishi tezligini oshirish yoʻlida toʻgʻri qaror. Soliqlarni tushirish kerak. Biroq, hozirda mamlakat diqqat-eʼtibori ostida boʻlishi kerak boʻlgan yoʻnalish bu davlatning tashqi qarz yukidir. Oʻzbekistonda, bilishimcha, suveren qarz oʻsish surʼatlari nihoyatda baland”, - deydi moliyaviy tahlilchi.  

 Shuning barobarida soliqlarni pasaytirishni boshlab yuborgan davlat, ekspert fikricha, noqulay vaziyatga tushib qolish hech gap emas. Chunki byudjetning katta qismi qarzlarni qaytarish bilan ovvora boʻlib qoladi. Ushbu maʼnoda, ishtahani tiygan yaxshi. Zotan, yaqin 2 yilda global retsessiya kutilmoqda, deya taxmin qildi u. 

D.Golubovskiyning soʻzlariga qaraganda, soliqlarni tashqi qarzni qaytarishga yetarli boʻladigan surʼatda yigʻib olish talab qilinadi. U misol tariqasida Rossiya tajribasiga toʻxtalar ekan, bu yerda soliq tizimi soddalashtirilishi natijasida soliqlarni yigʻib olish keskin oʻsganligini qayd etib oʻtdi.

Soliq eksperimentlari oxiri nima bilan tugaydi? 

“RFda maʼmuriy boshqarilishi va hisobga olinishi murakkab boʻlgan koʻplab turli soliqlar soddaroq yigʻimlar kompleksi bilan almashtirildi. Ular jumlasida, QQS, jismoniy shaxslar uchun daromad soligʻi, foydali qazilmalar boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq kabilar. Bu soliqlar yigʻilishini keskin oshirdi. Garchi, biznesga soliq yuki pasaytirilgan boʻlsa-da, davlat xazinasiga soliq yigʻimlari hajmi ancha oshganini kuzatish mumkin, - dedi ekspert.– Qolaversa, Rossiyada soliq solish ustidan nazoratning samarali tizimi oʻrnatilgan”.

Asosiy mavzular