15:04 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Kartofel

Oʻzbekistonliklar narx koʻtarilishini kutmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Iqtisod
Havola olish
70102

Soʻrovda qatnashganlarning aksariyati tovar va xizmatlar narxlari koʻtarilishiga tayyorlanmoqda. Milliy valyuta zaiflashgani va byudjet sektorida oylik maoshlarining navbatdagi indeksatsiyasi asosiy omil sifatida koʻrsatilgan.

TOSHKENT, 17 okt - Sputnik. Markaziy bankning aholi va korxonalar oʻrtasida 2019 yil 3-kvartali boʻyicha oʻtkazgan soʻrov natijalariga koʻra, oʻzbekistonliklar narxlarda qanday oʻzgarishlarni kutayotgani aniqlandi.

Soglasno Vashim ojidaniyam, kakim budet kurs dollara SSHA k sumu k kontsu 2019 goda? V sumax, srednevzveshennaya otmechennыx otvetov
Sizningcha, 2019 yil oxirigacha AQSH dollari necha soʻmga teng boʻladi? Belgilangan javoblar soʻmda oʻrtacha qiymatda koʻrsatilgan.

Maʼlum boʻlishicha, aholining koʻpchiligi tovar va xizmatlar narxlarining koʻtarilishiga tayyorlanmoqda. Milliy valyuta zaiflashgani va byudjet sektorida oylik maoshlarining navbatdagi indeksatsiyasi asosiy omillar sifatida koʻrsatilgan.

Saxarnыy zavod
© Sputnik / Vitaliy Timkiv

Milliy valyutaga ishonch iyulga qadar mustahkamlanib kelgan boʻlsa, avgustda oʻzbek soʻmi qulaganidan soʻng, kutilgan valyutalar kursi bir necha ming soʻmga oshdi. Yil soʻngiga kelib, dollar oshishi yuzasidan aholining qilgan taxminlari 9 837 soʻmga, ishbilarmonlarning esa 9 895 soʻmgacha yetganini kuzatish mumkin.

Soʻrovda Oʻzbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 900 nafar jismoniy va 375 nafar yuridik shaxs ishtirok etgan. Respondentlar Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan savollarga 2019 yilning 3-kvartali davomida javob berib kelgan.

Asosiy mavzular