23:26 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Na Kandыmskom gazopererabatыvayuщem komplekse v Buxarskoy oblasti sostoyalos podpisaniye akta Gosudarstvennoy priyomochnoy komissii

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ishga toʻliqligicha tayyor

Press-slujba ministerstva energetiki Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
250 0 0

Qandim gazni qayta ishlash zavodi va tegishli infrastrukturaning qurilishi rasman tamomlanganligi eʼlon qilindi. Sanoat obʼyektini qabul qilish toʻgʻrisidagi hujjat imzolanishi kecha Buxoro viloyatida boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Kecha Buxoro viloyatida Qandim gazni qayta ishlash majmuasida Davlat qabul komissiyasi akti imzolanishi boʻlib oʻtdi. Bu hodisa zavod va  tegishli infrastruktura qurilishi tugallanganligidan darak beradi.

"LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” Qandim GQIM qurilishi loyihasi batamom bajarilganligi yuzasidan hisobot berdi. Oʻtgan yil aprelda tantanali ravishda ochilgan ushbu majmua barcha zarur texnik, uy-joy va transport infrastrukturasi bilan taʼminlangan.

Qandim koni majmuasi tarkibiga har biri 4,05 mlrd kubometr tabiiy gaz quvvatiga ega ikkita texnologik tarmoqli gazni qayta ishlash zavodi, maʼmuriy bino, taʼmirlash maxsus hududlari, 1 150 kishilik avtonom turar-joy majmuasi, 71 ta quduq (skvajina), 285 km lik avtoyoʻllar, 70 km lik eksportga yoʻnaltirilgan gaz quvuri, 55 km lik suv quvuri va 268 km lik uchta elektr uzatish liniyasi kiradi.

2018 yil 19 aprelda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida majmuaning tantanali ochilishi boʻlib oʻtgandi. Marosimda, shuningdek, Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak va “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperov qatnashdi.

Qiymati 3,5 mlrd AQSH dollarga teng loyiha nihoyatda qisqa muddatda amalga oshirilib, belgilangan muddatdan 8 oy ilgari foydalanishga topshirildi. Korxona yiliga 8,1 milliard kubometr tabiiy gazni ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Asosiy mavzular