00:21 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Sotrudnik nalogovoy inspektsii Uzbekistana

Soliqchilarning birinchi guruhi Moskvada malaka oshirib qaytdi

© Novosti Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
104 0 0

Oʻzbekistonlik soliqchilar Moskvada soliq toʻlash jarayonida ruhiy stress holatlarini oldini olish, soliq toʻlovchilar bilan samarali muloqotni yoʻlga qoʻyishni oʻrganib qaytishdi.

TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Moskvaga malaka oshirish maqsadida kelgan 38 nafar soliqchilar bugun Oʻzbekistonga qaytib keldi, deb xabar qilmoqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, soliqchilar Moskvada soliq toʻlovchi va soliq inspektorlari orasidagi munosabatlarni samarali yoʻlga qoʻyish, stress holatlarni oldini olish va ulardan chiqish kabi yoʻnalishlarda malaka oshirishgan.

Oʻzbekistonlik mutaxassislar ushbu yoʻnalishlarda Rossiya tajribasni oʻrganib, uni Oʻzbekiston sharoitida samarali qoʻllashga bel bogʻlagan.

Oʻtgan haftada, Rossiya soliq organlari bilan kelishuv asosida oʻzbekistonlik 166 nafar soliq mutaxassislari Moskvada malaka oshirishi rejalashtrilgani haqida xabar bergan edik.

Soliqchilarning 50 kishidan iborat 2-guruhi 20-27 oktyabrda, 50 kishidan iborat 3-guruhi 27 oktyabrdan 3 noyabrgacha, hamda 28 kishidan iborat 4-gurhi  3-10 noyabrda Moskvada malaka oshirishi rejalashtirilgan. 

Asosiy mavzular