00:52 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Avtosalon GM Uzbekistan

UzAuto 9 oyda necha avtomobil sotgani maʼlum boʻldi

Press-slujba GM Uzbekistan
Iqtisod
Havola olish
310 0 0

UzAuto Motors 2019 yilning 9 oyida 236 000 ta avtomobil sotdi. Soʻnggi 2 oy ichida avtomobillar savdosi ayniqsa chaqqon boʻlgan.

TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. UzAuto Motors 2019 yilning 9 oyida 236 000 ta avtomobil sotdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Ushbu avtomobillardan 80 000 mingtasi soʻnggi 2 oyga toʻgʻri kelgan. Mutlaq rekord savdo esa avgust oyida oʻrnatilgan – ushbu oy mobaynida 40 971 dona avtomobil sotilgan.

Avtomobillar orasida eng ommabopi Nexia 3 boʻldi — kompaniya tomonidan 2019 yil boshidan buyon 54 056 dona ushbu rusumdagi avtomobil sotilgan.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Ravon brendi Qozogʻistonda eng ommaviy brend boʻlganini va Ravon R3 modeli Qozogʻistonda eng koʻp sotilgan avtomobillar orasid ikkinchi oʻrinni egallaganini xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular