"O‘zdavkarantin" Rossiya chegarasida "yashil yo‘lak"ni kengaytirmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMamontovskiy tamojenniy post Shelkovskoy tamojni
Mamontovskiy tamojenniy post Shelkovskoy tamojni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zdavkarantin”  Rossiya Fitosanitariya nazorati xizmati bilan hamkorlikda 13ta chegara punkti orqali  karantin nazorati ostidagi mahsulotlarni oson va tezkor olib o‘tishni ta’minladi.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi - “O‘zdavkarantin” Rossiya Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati bilan 2019-yil yakuniga qadar “Yashil yo‘lak” tizimida ishlaydigan bojxona nazorat punktlari sonini 20 taga yetkazish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining 13 ta chegara va logistika markazlarida “Yashil yo‘lak” orqali o‘tish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekistonlik eksportor tadbirkorlar ushbu postlar orqali karantin mahsulotlarini fitosanitariya ko‘rigidan oson va tezkor, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz o‘tkazishlari, vaqtincha saqlash omborxonalaridan foydalanishlari mumkin, deyilgan xabarda. 

Ushbu choralar Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport hajmining  7,5 barobarga oshishiga ham o‘z hissasini qo‘shgan. Shuningdek, eksport hajmi oshishi O‘zbekiston iqtisodiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Tadbirkorlar bugungi kunda faoliyat yuritayotgan “Yashil yo‘lak” bojxona postlari ro‘yxati bilan qo‘yida tanishishlari mumkin. Shuningdek, “O‘zdavkarantin” o‘zining ishonch telefonlari orqali eksportchi tadbirkorlarga kerakli ma’lumot va maslahatlarni berishga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0