02:54 28 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (28)
236 0 0

Boʻlgʻusi atom stantsiyasi hududida muhandislik-qidiruv ishlari qanday olib borilayotgani, kredit boʻyicha kontrakt qachon imzolanishi yuzasidan “Uzatom” agentligi rahbari Joʻrabek Mirzamahmudov sharhi.

TOSHKENT, 22 okt – Sputnik. Agentlik direktori qayd etishicha, strategik obʼyekt quriladigan maydonda muhandislik-qidiruv ishlari, loyiha boʻyicha umumiy kelishuvlar va muhokamalar oldindan oʻrnatilgan jadval asosida amalga oshirilmoqda.

“Asosiy kontrakt shartlarini yil oxirigacha rasmiylashtirishni rejalashtiryapmiz. Buning barobarida RFning AES qurilishiga ajratadigan davlat krediti shartlarini kelishib olish yuzasidan ham muhokamalar olib borilmoqda. Shunday qilib, loyiha yakuniy qiymati va uni amalga oshirish parametrlari aniqlashtirilganidan keyingina bevosita asosiy ishlarga oʻtamiz”, - qayd etdi Mirzamahmudov.

Loyihani tatbiq etishda Rossiya Federatsiyasi normativlari asos qilib olingan. Muhandislik-qidiruv ishlarini olib borishda ushbu meʼyorlar allaqachon qoʻllanilib kelinmoqda. Ammo kelgusi bosqichlar uchun qator holatlar boʻyicha mazkur normativlarning amaldagi oʻzbek qonunchiligi va mahalliy voqeliklarga moslashtirilishi talab etiladi. Hozirda bu borada barcha farqli omillar kelishilib, tasdiqlanish uchun tayyorlanmoqda.

Tonnalab iqtisod: “Uzatom” rahbari AES qurilishi xususida

Agentlik rahbari AES qurilishi boʻyicha jamoatchilik eshituvlari ham olib borilishi toʻgʻrisida gapirar ekan, unda istak bildirgan har qaysi qoʻshni mamlakat ishtirok eta olishini eslatdi. Soʻzining yakunida, J.Mirzamahmudov AES qurilishi har bir davlatning suveren huquqi boʻlib, loyiha xususida qarorlar qabul qilinishi Oʻzbekiston milliy qonunchiligi asosida amalga oshirilishini qayd etib oʻtdi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (28)

Asosiy mavzular