O‘zbekiston AQShga eksport hajmini 1,5 mlrd dollarga oshirish bo‘yicha taklif kiritdi

© Press-slujba Ministerstva investitsiy i vneshney torgovli RUzMinistr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov vstretilsya s ministrom torgovli SShA Uilbirom Rossom.
Ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov vstretilsya s ministrom torgovli SShA Uilbirom Rossom. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eksportbop mahsulotlar hajmlari aks ettirilgan ro‘yxat AQSh savdo vazirligining rahbariyatiga keyinchalik savdo bitimlari va shartnomalar ustida ishlash maqsadida topshirildi.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Vashingtonda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning AQSh savdo vaziri U.Ross bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida ishtirokchilar AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdoning joriy holati va tovar aylanmasini oshirishning istiqbolli mexanizmlari yuzasidan fikr almashdilar.

“Muloqot davomida o‘zbek delegatsiyasi tomonidan o‘zaro savdoni rivojlantirish borasida O‘zbekistonning AQShga amalga oshirayotgan eksport hajmini 60 ta turdagi mahsulotlar nomenklaturasi hisobiga 1,5 mlrd.dollarga oshirish bo‘yicha taklifi amerika tomoni tarifidan ijobiy qarshi olinib, o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi”, - deyiladi xabarda.

Eksportbop mahsulotlar hajmlari aks ettirilgan ro‘yxat AQSh savdo vazirligining rahbariyatiga keyinchalik savdo bitimlari va shartnomalar ustida ishlash maqsadida topshirildi.

Vetranie elektrostansii - Sputnik O‘zbekiston
Bugun “yashil” iqtisodiyotga har kimdan ham ko‘proq O‘zbekiston muhtoj

Amerikalik hamkasabalar taklif etilgan mahsulotlarga nisbatan amerika bozoridagi ehtiyojni chuqur o‘rganishga va o‘zbek ishlab chiqaruvchilarini amerika bozoriga olish chiqishiga ko‘maklashishga tayer ekanligini bildirdilar.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga amerika tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash masalalari alohida muxokama qilindi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro savdoni jadallashtirish va masalalarni tezkorlik bilan hal etishga qaratilgan doimiy birgalikdagi faoliyatni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va AQSh savdo vazirligining yuqori darajali ekspertlaridan iborat idoralararo ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0