O‘zbekiston avtomobillari 4000 kilometrlik poygaga chiqdi

© UzAuto MotorsStart avtoprobega "Tashkent - Minsk"
Start avtoprobega Tashkent - Minsk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UzAuto Motors Ravon avtomobillarining ishonchliligini tasdiqlash uchun, belorussiyalik jurnalistlar ishtirokida "Toshkent - Minsk" avtopoygasi tashkil qildi.

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Bugun O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ishtirokida “Toshkent – Minsk” avtopoygasi boshlandi, deb xabar qilmoqda UzAuto Motors matbuot xizmati.

Umumiy uzunligi 4000 kilometrni tashkil etadigan poygadan asosiy maqsad - Belorus iste’molchilar bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ishonchliligini ko‘rsatish, - deyilgan xabarda.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Belorus hududlaridan o‘tuvchi poyga poygada Ravon R2, R3 hamda R4 avtomobillari ishtirok etadi. Poyganing asosiy ishirokchilari - Belorussiya OAV vakillaridir.

RAVON racing team - Sputnik O‘zbekiston
Ravon sport jamoasi Rossiya halqa poygasida ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi

Belorussiyalik OAV vakillari poygadan oldin O‘zbekistonga tashrif buyurib,  Asakadagi  avtomobil zavodidagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishgan. Bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida zavod rahbariyati O‘zbekistondagi avtomobilsozlik sohasining muhim jihatlari haqida so‘zlab began. Avtopoyga vaqtida tayyorlangan materiallar Belorus Respublikasining asosiy internet-portalarida chop etiladi.

Yangiliklar lentasi
0