Dollar yana ko‘tarildi, yevro esa pasaydi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKupuri amerikanskix dollarov
Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 14,84 so‘mga oshdi.

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 29-oktabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 14,84 so‘mga ko‘tarildi va 9 463,37 so‘m tashkil qildi.

Yevro esa 69,54 so‘mga pasaydi va 10 483,52 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 0,70 so‘mga ko‘tarildi va 148,40 co‘mni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0