13:08 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
27510

Oʻzbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi bilan yadroviy energetika sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini muhokama qildi.

TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Oʻzbekistonlik mutaxassislar Koreya Respublikasining atom elektr stantsiyalarini qurish va foydalanishdagi tajribasini oʻrganishni maqsad qilib olgan, xabar qiladi Energetika vazirligi.

“Uzatom” agentligi direktori boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasida yadroviy energetika sohasida hamkorlik imkoniyatlarini va atom elektr stantsiyalari qurilishi tajribasini yaqindan oʻrgandi”, - deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasining KEPCO, S&K Engineering and Construction, Hyundai Engineering, Doosan Heavy Industry kabi yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi va bir qancha, jumladan, quyosh va shamol elektr stantsiyalariga tashrif buyurdi.

Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi 1 200 MVt quvvatga ega “3+” avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli ikkita energoblok qurishi rejalashtirilgan. Oʻtkazilgan ilmiy izlanishlardan soʻng AES qurilishi uchun optimal maydon deb Jizzax viloyatida joylashgan Tuzonkoʻl yaqinidagi hudud tanlangan.

Lixachyov: xalqaro atom loyihalar Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga qoʻshimcha impuls beradi

Korporatsiya direktori A.Lixachyovning joriy yil 14 oktyabrdagi qilgan bayonotiga muvofiq, Oʻzbekiston bilan yil yakuniga qadar AES qurilishi boʻyicha qolgan zarur hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Lixachyovning sentyabrdagi maʼlumotiga koʻra, "Rosatom" 2020 yil boshida stantsiya qurilish ishlarini boshlab yuborishni rejalashtirgan. Bundan bir necha oy muqaddam - iyun soʻngida esa rossiyalik “Atomstroyeksport” (“Rosatom” tarkibiy qismi) qurilish ishlari boʻyicha muhandislik-qidiruv ishlarining ikkinchi bosqichiga oʻtgan edi.

Asosiy mavzular