Qashqadaryoda 10 million tonnali neft koni topildi - video

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishNeftedobivayushee predpriyatie
Neftedobivayushee predpriyatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston janubida zahiralar umumiy miqdori 10 million tonna neft va 7 milliard metr kub gazga teng bo‘lgan yangi kon topildi.

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. O‘zbekiston janubida yangi 10 million tonna zahiraga ega bo‘lgan neft-gaz kondensat koni ochildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Eshonquduq konlar tuzilmasining 3-sonli qudug‘ida sanoat miqdorida uglevodorodlar oqimi olindi. Dastlabki baholshga muvofiq ushbu konda uglevodorodlar umumiy zahiralari miqdori 10 million tonna neft va 7 milliard metr kub gazga teng, - deyilgan kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Epsilon kompaniyasi O‘zbekneftgaz bilan hamkorlikda yer qatlamlarini yorish texnologiyasi orqali oldin konservatsiya qilingan konlarda neft qazib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0