08:06 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov

Oʻzbekistonda 2020 yilda ijtimoiy sohalarga koʻproq mablagʻ ajratiladi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
233 0 0

Shavkat Mirziyoyev oʻtkazgan navbatdagi yigʻilishda 2020 yil byudjetining xarajatlar qismi chuqur tahlil qilindi.

TOSHKENT, 31 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga moʻljallangan parametrlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, yigʻilishda 2020 yil byudjetining xarajatlar qismi ham chuqur tahlil qilindi. 

Xabarda yozilishicha, kelgusi yili ijtimoiy sohalarga ajratiladigan mablagʻlar hajmi ortishi koʻzda tutilgan.

“Masalan, sogʻliqni saqlash tizimiga yoʻnaltiriladigan xarajatlar joriy yildagiga nisbatan 18 foizga, taʼlim sohasiga – 10 foizga va ilm-fan rivojiga – 47 foizga koʻpayadi”, - deyiladi xabarda.

Qolaversa, taʼlim, tibbiyot, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, infratuzilmalarni yaxshilash kabi yoʻnalishlarda 100 ga yaqin maqsadli dasturlar rejalashtirilgan.

Aholini dori vositalari bilan taʼminlash uchun 1,3 barobar, bolalar sporti dasturi uchun 3 barobar, geologiya-qidiruv ishlari dasturiga 4 barobar koʻp mablagʻ ajratish moʻljallangan.

Shuningdek, paxtachilik va bogʻdorchilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish xarajatlariga ham alohida oʻrin berilgan. 

Xabarda “2020 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga taqdim etish kerakligi qayd etilgani qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular