08:44 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Gruzovыe avtomobili s ustanovlennыm gazoballonnыm oborudovaniyem

Oʻzbekistonda oʻnlab gaz toʻldirish shoxobchalari faoliyati toʻxtatildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Iqtisod
Havola olish
487 0 0

Respublikadagi 60 dan ortiq avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida qator qoʻpol qoida buzilishlari borligi aniqlandi.

TOSHKENT, 5 noyab - Sputnik. “Oʻzneftegazinspektsiya” mutaxassislari tomonidan respublikada joylashgan 60 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSH) nazorat tadbirlari oʻtkazildi, xabar qiladi nazorat organi axborot xizmati.

Tadbirlar natijasida bir qator qoʻpol qoida buzish holatlari aniqlandi. Jumladan, 220 kg/sm2 bosim ostida avtomiballarni gaz bilan toʻldirilishi, nazorat posti bilan taʼminlanmaganligi, gaz ballonlarga tegishli hujjatlarni koʻzdan kechirmasligi va insonga xavf keltiradigan bir qator boshqa qoidabuzarliklar toʻgʻrisida xabar qilinmoqda.

Bu kabi qoidabuzarliklar aniqlanganligi sabali, nazorat tadbirlari oʻtkazilgan 60 ta AGTKShlardan 13 tasining ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilgan.

Asosiy mavzular