01:11 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Iqtisod
Havola olish
794 0 0

Taʼkidlanishicha, joriy yil yakuni bilan yer osti uglevodorod zaxiralarini 53 mln. tonna shartli yonilgʻi hajmida oʻstirish rejalashtirgan.

TOSHKENT, 5 noya – Sputnik. Bugungi kunda respublika boʻyicha jami 275 ta neft va gaz konlari ochilgan boʻlib, ularning umumiy zaxirasi 2,4 mlrd. tonna shartli yonilgʻini tashkil qiladi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, respublikada uglevorod xom ashyo bazasi barqarorligini taʼminlash, qazib olinayotgan neft va gaz mahsulotlari oʻrnini toʻldirish maqsadida, Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo va Fargʻona neft-gazli hududlarida geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Dobыcha gaza
© Sputnik / Aleksey Nikolskiy

Prezidentning 2017 yil 3 noyabrdagi qarori doirasida amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlar natijasida 2017-2018 yillar hamda joriy yilning 9 oyi mobaynida 16 ta neft va gaz konlari ochildi va yer osti uglevodorod zaxiralari 171 mln. tonna shartli yonilgʻi hajmida oʻstirildi.

Taʼkidlanishicha, joriy yil yakuni bilan yer osti uglevodorod zaxiralarini 53 mln. tonna shartli yonilgʻi hajmida oʻstirish rejalashtirgan.

Xabarda 9 oy mobaynida 5 ta yangi kon ochilgani (Kushkair, Oraliq, Chakar, Doʻltatepa, Shortak) va yer osti uglevodorod zaxiralari 31 mln. tonna shartli yonilgʻi hajmida oʻstirilgani qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston janubida yangi 10 million tonna zaxiraga ega boʻlgan neft-gaz kondensat koni ochilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular