19:11 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Ayrim tumanlarni eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashtirish vazifasi qoʻyildi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak
Iqtisod
Havola olish
200 0 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo tajribasi asosida 55 ta tumanni eksportbop muayyan mahsulotlar turini yetishtirishga ixtisoslashtirish vazifasini qoʻydi.

TOSHKENT, 5 noyab - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavotchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va eksportini oshirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, yigʻilishda xorijiy mutaxassislar koʻmagida tashkil etilgan Surxondaryo tajribasi asosida 55 ta tumanni eksportbop muayyan mahsulotlar turini yetishtirishga ixtisoslashtirish vazifasi qoʻyilgan.

Bundan tashqari, har bir viloyat va tuman hokimi klasterlar bilan meva-sabzavotni toʻgʻri joylashtirishga, agrotexnik tadbirlarning oʻtkazilishiga, yetishtirilgan mahsulotni eksportyor yoki qayta ishlovchiga toʻliq yetkazilishiga shaxsan javobgarligi belgilandi.

Shuningdek, Moliya vazirligiga yangi tizim asosida eksportbop mahsulotlar yetishtirishni ragʻbatlantirish boʻyicha moliyalashtirish yuzasidan taklif kiritish topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident meva-sabzavot eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish boʻyicha topshiriq bergani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular