18:52 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoye soveщaniye po voprosam dalneyshego razvitiya plodoovoщevodstva i uvelicheniya eksporta otrasli, obespecheniya effektivnogo ispolzovaniya priusadebnыx zemel naseleniya.

Shavkat Mirziyoyev: olingan meva nobud boʻlib, tuproqqa qorilmoqda

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Iqtisod
Havola olish
53210

Yigʻilishda Oʻzbekistonda mevazorlar, ayniqsa intensiv usuldagi bogʻlar yetarlicha tashkil etilmayotgani, bogʻ va tokzorlar yaroqsiz holatga kelib qolgani, qator tumanlarda minglab gektar eski bogʻlar yillar davomida hosil bermayotgani tanqid qilindi.

TOSHKENT, 5 noyab - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtkazgan yigʻilishda uzumchilikni rivojlantirishda vinochilik korxonalarining oʻrni sezilmayotgani tanqid qilindi.

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, yigʻilishda kelgusi yilda meva-sabzavot eksportini 2,5 milliard dollarga yetkazish, keyingi uch yilda bu koʻrsatkichni 5 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari mavjudligi qayd etilgan.

Davlat rahbarining taʼkidlashicha, bunga erishish uchun ekin va navlarni toʻgʻri tanlash, hosildorlik va daromadni kamida ikki-uch barobarga oshirish, isrofgarchiliklarni oldini olish, mahsulotlarni saqlash, logistika masalalari, eksportni toʻgʻri tashkil etish lozim.

Bugungi kunda dunyo bozorlarida gilos, oʻrik, olxoʻri, anor, uzum, bodom, tsitrus mevalar kabi mahsulotlarga talab yuqori va ushbu mahsulotlar eksport tushumining asosiy qismini tashkil etmoqda.

Oʻzbekistonda bunday mevazorlar, ayniqsa intensiv usuldagi bogʻlar yetarlicha tashkil etilmayotgani, bogʻ va tokzorlar yaroqsiz holatga kelib qolgani sababli ularning iqtisodiy samaradorligi oʻta past darajada qolayotgani, qator tumanlarda minglab gektar eski bogʻlar yillar davomida hosil bermayotgani tanqid qilindi.

Hanuzgacha “mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash va qayta ishlash – eksport” zanjirini tashkil etadigan kooperatsiya tizimi joriy qilinmagan.

Yana bir salbiy holat uzumchilikni rivojlantirishda vinochilik korxonalarining oʻrni sezilmayotgani bilan bogʻliq. 

“Bu kabi muammolar taʼsirida mamlakatimizda mahsulotlarni yigʻishtirish va saqlashdagi yoʻqotishlar hajmi 30 foizdan kamaymayapti, – dedi prezident. – Yaʼni, olingan meva nobud boʻlib, tuproqqa qorilmoqda. Bunday sharoitda qanday yangi bogʻ va tokzorlar haqida gapirish mumkin?”

Qayd etilishicha, bir qator tumanlar paxta yetishtirishni qisqartirib, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirildi. Afsuski, ushbu yoʻnalishda ham ishlar qoniqarli darajada boʻlganicha yoʻq. 

Selektsiya borasida ilmiy tadqiqotlar yetarlicha yoʻlga qoʻyilmagani bois mamlakat urugʻlikni import qilishga majbur boʻlmoqda. 

Taʼkidlanishicha, sohada yechimini topishi lozim boʻlgan masalalar talaygina. Shuning uchun eskirgan tizimdan butunlay voz kechib, mutlaqo yangi uzluksiz zanjirni yaʼni, kooperatsiya va klaster tizimini tashkil etish kerakligi taʼkidlandi. Bunday yoʻl jahon tajribasida oʻzining samaradorligini isbotladi, klasterning joriy etilishi sohada yuqori natijalarga olib kelayotganini koʻrsatmoqda. 

Oʻzbekistonda 2025 yilga qadar agrologistika markazlari soni 140 taga yetkaziladi

Shu munosabat bilan prezident Oʻzbekistonda bir nechta yirik eksportyor klaster tashkil etish, qishloq xoʻjaligida qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish va daromadni oshirish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni aniq bozor, aniq moliyaviy manba bilan ishlaydigan tadbirkorga biriktirish zarurligini taʼkidladi.

Asosiy mavzular