18:17 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
2020 yil davlat byudjeti boʻyicha yigʻma maʼlumot

2020 yil uchun Davlat byudjeti keng jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etildi

© Minfin RU
Iqtisod
Havola olish
185 0 0

Prognozlashtirilayotgan daromadlar tuzilmasida bilvosita soliqlar salmogʻini birmuncha qisqartirish orqali bevosita soliqlarni oshirish tendentsiyasi saqlanib qoladi.

TOSHKENT, 6 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Moliya vazirligi “Fuqarolar uchun byudjet” loyihasini 2020 yil uchun davlat byudjeti loyihasi asosida tayyorlab jamoatchilikka taqdim etdi.

Eʼlon qilingan loyihada 2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 128 460 mlrd soʻm yoki YAIMning 20%i miqdorida rejalashtirilgan, bu esa joriy yil yakuni boʻyicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15 817,1 mlrd soʻmga koʻproqdir. Kutilayotgan tushumlarni baholashda iqtisodiyotning real oʻsishi, soliqlar maʼmurchiligini takomillashtirish, alohida soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi, shuningdek narx va valyuta kursining kutilayotgan oshishi kabi omillar hisobga olingan.

Prognozlashtirilayotgan daromadlar tuzilmasida bilvosita soliqlar salmogʻini birmuncha qisqartirish orqali bevosita soliqlarni oshirish tendentsiyasi saqlanib qoladi.

Kelgusi yilda Davlat byudjeti xarajatlari 131 104,5 mlrd soʻm miqdorida boʻlishi prognoz qilinmoqda, bu esa 2019 yilda tasdiqlangan parametrlardan 23%ga koʻpdir. Ijtimoiy sohaga xarajatlar ulushi katta qismni – 66 018 mlrd soʻmni tashkil etadi, ularning yarmi yoki umumiy byudjet xarajatlarining 22,9%i taʼlim sohasiga, 14 842,6 mlrd soʻm – sogʻliqni saqlash, fan, madaniyat va sport sohasiga, umuman olganda – 3 319,5 mlrd soʻm, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga – 6 573,7 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi, bu oʻtgan yildagiga qaraganda 23%  koʻproqdir, 8 trln soʻm fuqarolarning pensiya taʼminoti uchun xarajatlar doirasida Pensiya jamgʻarmasiga subsidiyalar tarzida zaxiraga beriladi.

2020 yilgi konsolidatsiyalashgan byudjet YAIIga nisbatan 3 424,9 mlrd soʻm yoki 0,5% defitsit bilan koʻrsatilmoqda. Umumiy fiskal balans konsolidatsiyalashgan byudjet va davlat dasturi xarajatlarini hisobga olgan holda tashqi qarzlar hisobiga 17 819,0 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Yil boshiga davlat qarzi $21,3 mlrd (YAIMga nisbatan 36,0%) miqdorida boʻlishi kutilmoqda, shundan tashqi qarzi $15,3 mlrd (YAIMga nisbatan 25,4%)ni tashkil etadi. Kreditorlar kesimida xorijiy davlatlardan (qolganlariga nisbatan Xitoy va Yaponiyadan koʻproq) olingan qarzlar $6,7 mlrd ni, xalqaro moliya institutlaridan $7,7 mlrd ni (51%i - OTB) va investorlar hisobiga $1 mlrd ni tashkil etadi. 2020-2022 yillarda tashqi qarzlarni soʻndirishga $1 567,4 mln ni yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.     

2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash uchun quyidagilarga litimlar belgilanmoqda:

·         davlat nomidan yoki Hukumat kafolati ostida tashqaridan mablagʻlarni jalb etish boʻyicha yangidan imzolangan bitimlar – $4 mlrd;

·         davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston nomidan yoki davlat kafolati ostidan jalb etiladigan (oʻzlashtiriladigan), kelgusi yillarda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga soʻndiriladigan qarzlar – $1,5 mlrd.   

2019 yildan tashabbusli byudjetlashtirish dastaklari joriy etilmoqda, bunda tumanlar (shaharlar) byudjetlarining qoʻshimcha mablagʻlarining kamida 10%i jamoatchilik fikri asosida oʻtkaziladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Mexanizmlar openbudget.uz portali vositasida amalga oshiriladi. 2019 yil I chorak yakunlariga koʻra jami respublika boʻyicha 4 049 ta ovoz va takliflar bildirilgan, ularni moliyalashtirishga 28,9 mlrd soʻm ajratilgan. II chorakda tashabbuslar 5 baravarga koʻpaygan, ularga 48,3 mlrd soʻm yoʻnaltirilgan. 

Asosiy mavzular