O‘zbek banklarining ilgari nazarda tutilmagan yangi xizmat turlari joriy etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Banklarga qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish, elektron pullarni ishlab chiqarish va ularni qo‘llash kabi operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berildi.

TOShKENT, 6 noyab - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti kuni-kecha “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi. 

Qonun ishlab chiqilishida Jahon banki ko‘magida ilg‘or xorijiy tajriba, umume’tirof etilgan norma va standartlar o‘rganilib tatbiq etildi.

Qonun bilan moliyaviy operatsiyalar ro‘yxati mol-mulk va aktivlarni ishonchli boshqarish, affinlangan qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish, hosilaviy moliya vositalari bilan operatsiyalarni amalga oshirish, metall hisobvaraqlarini yuritish kabi ilgari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan yangi xizmat turlari bilan kengaytirilmoqda.

Qonun bilan banklarga ayrim xizmat va operatsiyalar turlarini autsorsingga topshirish huquqi berilmoqda.

Endilikda bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni jalb etiladigan mablag‘lar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot ekanligini inobatga olib, qonun bilan bank ta’sischilarining ishbilarmonlik obro‘-e’tibori va avvalgi faoliyati natijadorligiga nisbatan talablar o‘rnatilgan.

Markaziy bank to‘lov tizimlari ustidan nazoratni kuchaytiradi

Banklarning ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash maqsadida bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvining vazifa va vakolatlari ham belgilab o‘tilgan.

Shu bilan birga, qonun banklar faoliyatining yanada ochiqligini, bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish orqali bank xizmatlari istyemolchilari huquqlarini va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0