19:15 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Ptitsevodcheskoye predpriyatiye OOO Ravis – ptitsefabrika Sosnovskaya v Chelyabinskoy oblasti

“Tayvan tovuqchilik qiroli" Namanganda yirik tovuqchilik kompleksini quradi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk
Iqtisod
Havola olish
34710

Yetishtirilgan tovuqlarning katta qismini Xitoyda mashhur “Imperator tovuq essentsiyasi" ishlab chiqarishga yoʻnaltiriladi hamda Chin yurtiga eksport qilinadi. Qolgan qismi “Halol" sertifikati bilan arab davlatlariga hamda ichki bozorga sotiladi.

TOSHKENT, 7 noyab - Sputnik. Tayvanning Kai Shing Trading Co. Ltd kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Ten Syuekay Oʻzbekistonda tashrif bilan boʻlib turibdi. Sharqiy Osiyoda “Tayvan tovuqchilik qiroli" sifatida keng tanilgan Ten Syuekay, Namangan viloyatida yirik parrandachilik kompleksi qurish loyihasini amalga oshirmoqda. Bu borada Kai Shing Trading Co. Ltd rahbari bir necha bor Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Namangan viloyatida tayvanlik tadbirkorning MCHJ shaklidagi “Kai Shing Namangan" xorijiy korxonasi roʻyxatdan oʻtkazildi.

Viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Namangan viloyat hokimligi bilan “Kai Shing Namangan" xorijiy korxonasi oʻrtasida ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha investitsion kelishuv imzolandi.

Imzolangan hujjatga koʻra, parrandachilik kompleksi, issiqxona, kushxona, yem ishlab ishlash chiqarish zavodi, organik chiqindilarni qayta ishlash zavodi kabi boʻlimlardan iborat ushbu yirik loyiha uchun “Kai Shing Namangan" xorijiy korxonasiga viloyatda 550 gektar yer ajratiladi.

Investor ushbu loyiha uchun 30 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan xorijiy investitsiya kiritadi.

Korxonada ochiq osmon ostida maxsus zotli tovuqlarni yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi. Yetishtirilgan tovuqlarning katta qismini Xitoyda mashhur “Imperator tovuq essentsiyasi" ishlab chiqarishga yoʻnaltiriladi hamda Chin yurtiga eksport qilinadi. Qolgan qismi “Halol" sertifikati bilan arab davlatlariga hamda ichki bozorga sotiladi.

Asosiy mavzular