BAA Navoiydagi fotoelektr stansiyasini qurishga 100 million $ sarmoya kiritadi

© Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli UzbekistanaOAE investiruyut $100 mln v stroitelstvo solnechnoy elektrostansii v Navoi
OAE investiruyut $100 mln v stroitelstvo solnechnoy elektrostansii v Navoi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi Navoiy viloyatidagi umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurishga 100 million dollargacha sarmoya kiritadi.

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi Navoiy viloyatidagi umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurishga 100 million dollargacha sarmoya kiritadi. 8 noyabr kuni bu boradagi bitim Toshkent shahrida imzolandi. Bu haqda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.

Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning so‘zlariga ko‘ra, bitim imzolanishi – tarixiy voqea bo‘lib, prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan islohot va o‘zgarishlarning orqaga kaytarilmasligini yana bir bor tasdig‘idir.

Solnechnie batarei. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Tender yakunlari: O‘zbekistonda fotoelektr stansiyasini kim qurishi aniqlandi

Qayd etilishicha,qurilish ishlari 2020-yilning birinchi choragida boshlanishi va fotoelektr stansiyasini foydalanishga topshirilishi 2021-yilning birinchi choragida amalga oshiririlishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAAning “Masdar” kompaniyasi O‘zbekiston tarixida quyosh energiyasiga davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha birinchi ochiq tender g‘olibi deb e’lon qilingan edi.

“Masdar” kompaniyasi - Abu Dabi Hukumati "Mubadala Investment Company" investitsiya xoldingining sho‘’ba korxonasi bo‘lib, dunyodagi qayta tiklanadigan energiya sohasida yetakchi kompaniyalardan biridir.

Yangiliklar lentasi
0