01:20 06 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
338 0 0

Oktyabr oyida xorazmlik avtomobilsozlar zavod tarixida ilk marotaba bir oyda 6000 dona avtomobil ishlab chiqarishdi.

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. UzAuto Motors Xorazm viloyati filialida zavod tarixida ilk marotaba bir oyda 6000 dona avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, filialda amalga oshirilgan keng koʻlamli modernizatsiya ishlari natijasida 2019 yilning 10 oyida jami 48 214 dona avtomobil ishlab chiqarishga erishilgan.

UzAuto Motors kompaniyasining Pitnak tumanidagi zavodi 2014 yilning yanvar oyida ishga tushirilgan boʻlib, unda “Damas” va “Labo” modellari ishlab chiqariladi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida avtomobil zavodining ishlab chiqarish quvvatini yiliga 40 mingdan 60 ming donaga koʻpaytirishni topshirgan edi.

Asosiy mavzular