06:40 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Hugo Boss

Hugo Boss kostyumlari endilikda Namanganda tikiladi

© Hugo Boss
Iqtisod
Havola olish
292 0 0

Mahsulotlar “Hugo Boss” orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga, shuningdek Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 8 noyab - Sputnik. Shu kunlarda Oʻzbekistonning Namangan viloyatida Germaniyaning taniqli “Hugo Boss” kompaniyasi delegatsiyasi tashrif bilan boʻlib turibdi.

Kompaniya vakillari ishtirokida Namangan viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum qilinishicha, yillik 3 mlrd AQSH dollardan ziyod aylanmaga ega boʻlgan “Hugo Boss” kompaniyasi ushbu brend ostidagi kostyumlarini Namanganda ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻydi.

Uchrashuv davomida Namangan viloyat hoqimi tomonidan Oʻzbekistonda majburiy mehnatga toʻla barham berilishi natijasida oʻzbek paxtasidan tikilgan mahsulotlarga jahon bozorida keng yoʻl berilgani, mashhur brendlarning Oʻzbekiston bilan hamkorlikka intilayotgani maʼlum qilindi.

Hugo Boss v Namangane
"Hugo Boss” kompaniyasi vakillari Konstantin Soyer va Semih Demir

“Hugo Boss” kompaniyasi oʻziga viloyatdagi koʻplab tekstil korxonalari orasidan hamkor sifatida tanlab olgan “Lyuks plyus servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati bu yoʻnalishda oʻz faoliyatini rivojlantirish uchun yangi ishlab chiqarish liniyasini ham ishga tushirishi maʼlum qilindi.

“Vakkoni” markasi ostida ishlab chiqarayotgan liboslari bilan keng tanilgan “Lyuks plyus servis” MCHJ tomonidan ishga tushiriladigan yangi liniya loyihasining umumiy qiymati 10 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Korxonaning 5 mln AQSH dollarlik mablagʻi hisobidan amalga oshiriladigan birinchi bosqichning oʻzida 800 ta yangi ish oʻrni yaratilishi kutilmoqda.

Mahsulotlar “Hugo Boss” orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga, shuningdek Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular