21:31 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Dotsent kafedrы ekonomiki i finansov fakulteta ekonomicheskix i sotsialnыx nauk (FESN) RANXiGS Alisen Alisenov

“Bu kam emas”: Alisenov yagona bojxona toʻlovi stavkasi haqida

© bettingbusiness
Iqtisod
Havola olish
45611

Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi kafedra dotsenti, iqtisodiy fanlar nomzodi Alisek Alisenov Oʻzbekiston hukumatining yagona bojxona toʻlovini kiritish rejalari yuzasidan izoh berdi.

Oʻzbekistonda 2020 yil 1 yanvardan notijorat maqsadlar uchun Oʻzbekistonning Davlat chegarasidan oʻtish punktlari orqali qoʻl yukida va kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kirayotgan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, jismoniy shaxs nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali keladigan tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bojxona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aktsiz soligʻi oʻrniga yagona bojxona toʻlovini toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

Qaror bilan tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogrami uchun 3 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda yagona bojxona toʻlovi stavkasi tasdiqlandi.

“Albatta, yagona bojxona toʻlovini joriy etish oʻzaro taʼsir mexanizmini va toʻlovlar maʼmuriyatini soddalashtiradi. Shuningdek, bu qadam Davlat bojxona qoʻmitasiga tegishli tuzilmalar taʼminoti uchun harajatlarni qisqartirishga imkon beradi”, - dedi Alisenov Sputnik Oʻzbekiston radio efirida.

Biroq, uning soʻzlariga koʻra, tovarlarni baholashga yondashuv qanchalik obʼyektivligi muhim: bojxona qiymatidan 30 % - Oʻzbekistonda oʻrtacha maosh oyiga 130 AQSH dollarni tashkil qilishini hisobga olganda, bu kam emas.

Mutaxassisning toʻliq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular