08:22 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)
65112

Kupriyanov Oʻzbekiston YEOIIga ehtimoliy kirishi – katta integratsion loyiha ekanligini taʼkidladi. Oʻxshash boʻlgan iqtisodiy bozorlarini bir tizimga birlashtirishdan barcha manfaatdor.

TOSHKENT, 11 noya – Sputnik, Aleksey Stefanov. Rossiya Fanlar akademiyasi E.M.Primakov nomidagi xalqaro tashkilotlar va global siyosiy tartibga solish sektori xalqaro siyosiy muammolar boʻlimi ilmiy xodimi Aleksey Kupriyanov Valday klubining Osiyo anjumani qanday oʻtayotgani haqida soʻzlab berdi.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, hozirda ham iqtisodiy, ham siyosiy muloqotlar faol davom etmoqda. Ayni damda ishtirokchilarning asosiy vazifalaridan biri - Rossiya va Oʻzbekiston ekspertlari oʻrtasida ilmiy muloqotlarni oʻrnatish.

“Putin Mirziyoyev bilan uchrashib, muloqot qilishmoqda, iqtisodiy loyihalar amalga oshirilmoqda, afsuski, ikki davlat olimlari esa hozircha keng hamkorlik yoʻlga qoʻyishmadi”, - deydi ekspert.

Kupriyanov Oʻzbekiston YEOIIga ehtimoliy kirishi – yirik integratsion loyiha ekanligini taʼkidladi. Oʻxshash iqtisodiy bozorlarni bir tizimga birlashtirishdan barcha manfaatdor.

“SSSR qulaganidan keyin yoʻq boʻlib ketgan ulkan iqtisodiy bazani tiklamoqchimiz”, - dedi ilmiy xodim.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya ham Oʻzbekiston kabi faol va samarali hamkorlik yoʻlidagi iqtisodiy va siyosiy toʻsiqlarni bartaraf etilishidan manfaatdor. Respublika vakillari sherikchilikni faollashtirishga tayyor ekanligini koʻrish mumkin.

Mavzu:
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)

Asosiy mavzular