08:37 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
578 0 0

Qaytarilmaydigan va bagajsiz tariflardan foydalanish yoʻli bilan aviatashuvlar narxini optimallashtirish, aviachiptalarni onlayn-sotilishini kengaytirish, elektron aviatsiya yuk xatini rasmiylashtirish tizimlari joriy etilishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 11 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Transport vazirligining xabar qilishicha, xorijiy ekspertlar xulosalariga koʻra Jahon banki maslahatchilari koʻmagida “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” aktsiyadorlik jamiyatlari, shuningdek masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga aylantirilgan korxonalarning yangi nizomlari tayyorlanib tasdiqlandi.

Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi oldida qoʻyilayotgan yangi maqsad va vazifalarga muvofiq, buyurtmachilarning maxsus aviatsiya ishlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, “kichik aviatsiya” havo kemalari parkidan samarali foydalanish maqsadida islohotlarda qishloq xoʻjaligi tarmogʻida maxsus aviatsiya ishlarini, respublika ichki va halqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi, yuk va pochta tashish bilan bogʻliq faoliyatni bajarish, shuningdek turizm va sanitariya aviatsiyasi sohasida aviatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun mustaqil aviakompaniya tashkil etish koʻzda tutiladi.

Xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi aviakompaniyani tashkil etish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha zarur tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Fuqaro aviatsiyasi korxonalari mutaxassislari tomonidan Jahon banki maslahatchilari bilan birgalikda qaytarilmaydigan va bagajsiz tariflardan foydalanish yoʻli bilan aviatashuvlar narxini optimallashtirishni, aeroport infratuzilmasini qurish, taʼmirlash, kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini, aviatsiya yoqilgʻisi va yoqilgʻi-moylash materiallarini uzluksiz yetkazib berishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni, aviachiptalarni onlayn-sotish imkoniyatlarini kengaytirish hamda elektron aviatsiya yuk xatini rasmiylashtirish tizimini joriy etishni belgilaydigan “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” aktsiyadorlik jamiyatlarini rivojlantirishning biznes-modelini ishlab chiqish ishlari ustida ishlar olib borilyapti. 

Hindiston kompaniyasi Oʻzbekiston aviatsiya bozoriga kirmoqchi

Yaqin va oʻrta masofalarga parvozlarni amalga oshiradigan havo kemalaridan foydalanish, respublika ichida norentabel qatnovlarni bajarishda aviatashuvchilarni subsidiyalash mexanizmini amalda tatbiq etish hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy yoʻnalishlari boʻyicha aviatashuvlarni rivojlantirish masalalari ishlab chiqilmoqda.

Asosiy mavzular