01:48 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
536 0 0

Endilikda respublika byudjeti parlament tomonidan, mahalliy byudjetlar esa joylardagi mahalliy kengashlar tomonidan qabul qilinadi.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan respublika byudjeti Oliy Majlis tomonidan, mahalliy byudjetlar esa, joylardagi mahalliy kengashlar tomonidan qabul qilinadi. Harajatlar sohalar boʻyicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi.
Deputatlar taʼkidlashicha, hayotga joriy etilayotgan yangi amaliyotning yana bir oʻziga xos jihati – markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechish. Masalan, mahalliy byudjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari mahalliy byudjetga oʻtkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini koʻrsatish uchun aktsiz soligʻi tushumlari aholi sonidan kelib chiqib, hududlar oʻrtasida qayta taqsimlanadi. Qoʻshimcha qiymat soligʻi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi toʻliq hududlarda qoldiriladi.
Maʼlumki, shu kunga qadar Oʻzbekistondagi mahalliy hokimliklar oʻz byudjetini qabul qilishda xech qanday vakolatga ega emas edi.

Shunday qilib, xalq deputatlari mahalliy kengashlari oʻzlariga tegishli boʻlgan byudjetni qabul qilishdagi mustaqilligi taʼminlanmoqda.

Oʻzbekistonda ilk bor volontyorlar faoliyatiga huquqiy maqom berilmoqda

Qonun loyihasi boʻyicha muhokamalar davom etmoqda.

Asosiy mavzular