O‘zbekiston xurmo eksporti bo‘yicha o‘rnini Xitoyga bo‘shatib berdi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishXurma "Korolek"
Xurma Korolek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 2018-yilning yakunlariga ko‘ra xurmo eksporti bo‘yicha dunyoning yetakchi uchligidagi joyini yo‘qotdi.

TOShKENT, 12 noya - Sputnik. O‘zbekiston 2018-yilning yakunlariga ko‘ra  xurmo eksporti bo‘yicha dunyoning yetakchi uchligidagi joyini yo‘qotdi va o‘z o‘rnini Xitoyga bo‘shatib berdi. Bu haqda EastFruit tahliliy agentligi xabar qildi.

“O‘zbekistondan xurmo eksporti jami 55 ming tonnani tashkil etdi. Bu 2017-yilga nisbatan 18 ming tonnaga kam”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumki, O‘zbekistonning deyarli barcha xurmosi Qozog‘iston va Rossiya bozorlariga yetkazib berilardi. Shuningdek. Turkmaniston va Qirg‘izistonga eksportning kam hajmi eksport qilingan. Biroq, savdo manbalariga ko‘ra, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga yetkazib berilgan O‘zbekiston xurmosining katta qismi keyinchalik Rossiya bozoriga qayta eksport qilingan.

Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po voprosam dalneyshego razvitiya plodoovoshevodstva i uvelicheniya eksporta otrasli, obespecheniya effektivnogo ispolzovaniya priusadebnix zemel naseleniya. - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: olingan meva nobud bo‘lib, tuproqqa qorilmoqda

Qayd etilishicha, O‘zbekistondan Belarus va Ukrainaga xurmo yetkazib berish hajmi sezilarli darajada o‘sgan. Belarusga eksport 763 tonnagacha, Ukrainaga esa ikki baravarga ko‘paydi - 593 tonnagacha. BAA bozorida ham O‘zbekiston xurmosining sinov partiyasi sotuvga chiqarildi.

Ispaniya va Ozarboyjon dunyoda xurmo eksporti bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. Bu davlatlar 2018-yilda mos ravishda 168,3 ming tonna va 150,9 ming tonna meva eksport qildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev mutasaddilar oldiga ayrim tumanlarni eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashtirish vazifasini qo‘ygan. Shuningdek, prezident 2020-yilda meva-sabzavot eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriq bergan.

Yangiliklar lentasi
0