09:46 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)
930 0 0

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlarning moliyaviy suvereniteti toʻlaligicha saqlanishi taʼkidlanmoqda

TOSHKENT, 13 noya - Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo har bir davlat oʻz moliyaviy suverenitetini saqlab qoladi. Bu haqda Ittifoqda yagona valyuta yaratilishi haqidagi savolga javob bergan Qozogʻiston Milliy banki raisi Yerbolat Dosayev maʼlum qilgan.

"Avvalombor, shuni aytish kerak-ki, valyuta ittifoqi emas, balki iqtisodiy ittifoq tashkil etish gʻoyasi oʻrtaga tashlangan. Shu bois, hozirda ushbu masala turli shakllarda va turli formatlarda koʻpirtirilayotganidan ham xabarim bor. Shuni taʼkidlab oʻtaman-ki: (YEOIIga aʼzo-davlatlar qonunchiligini muvofiqlashtirish) hujjatida yagona valyuta ittifoqini va yagona valyutani tashkil qilish nazarda tutilmagan. Milliy bank bugungi va kelajakdagi boshqaruvchi sifatida moliyaviy bozorni tartibga solish va rivojlantirish agentligi bilan birgalikda inqirozga qarshi zarur choralarni oʻtkazish siyosati, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash masalalari boʻyicha har bir davlatga oʻz mustaqil vakolatlarni qoldiradi", - dedi Sputnik Qozogʻiston muxbiriga bergan intervyusida.

Har bir YEOII ishtirokchisining moliyaviy suvereniteti toʻlaligicha saqlanib qoladi, deb taʼkidladi Dosayev.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)

Asosiy mavzular