Soliq kodeksiga ayrim qo‘shimchalar kiritiladi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorladi.

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi tayyorlandi.

Unga ko‘ra, kodeksning 158-modda, 168-modda, 269-moddalari tegishli bandlariga qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Xususan, 158-modda quyidagi mazmundagi 7-band bilan to‘ldirish:“7) 2020 yil 1-yanvardan boshlab, to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari korxonalarining foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazasi yetti yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish bo‘yicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi”.

Avtomobil Yandex Taxi - Sputnik O‘zbekiston
Taksi, litsenziya va soliq: yo‘lovchilarni tashish sohasida kutilayotgan yangiliklar

168-modda quyidagi mazmundagi 2-qism bilan to‘ldirish: “2020 yil 1-yanvardan boshlab, “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy konsultantlari, shuningdek, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari korxonalarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xorijiy mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasidagi daromad manbalari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida to‘laydi”.

Shuningdek, 269-modda 2-qismi quyidagi mazmundagi 6-band bilan to‘ldirish: “6) 2020 yil 1-yanvardan boshlab, hisobot davri natijalari bo‘yicha yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo‘lmagan eksport ulushiga ega bo‘lgan korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi”.

Qonun loyihasi 28-noyabrgacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0