15:19 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

Qirgʻiziston Oʻzbekistondan meva olib kirishni cheklashi mumkin

© Sputnik / Nikolay Xijnyak
Iqtisod
Havola olish
298 0 0

Qirgʻiziston Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekistondan meva-sabzavot olib kirishni taʼqiqlab qoʻymoqchi, gap nimada?

TOSHKENT, 14 noya – Sputnik. Qirgʻiziston Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi Oʻzbekistondan ayrim mahsulotlarni olib kirishni taʼqiqlab qoʻyishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston.

Muassasa xabariga koʻra, yil boshidan buyon Oʻzbekiston tomonidan yuborilgan yuklarda 356 marotaba YEOII talablarning buzilish holatlari aniqlangan. Ular orasida 10 marotaba zararlangan mahsulotlar aniqlangan.

Xususan, Oʻzbekistondan olib kelingan anorlarda “sharq meva qurti” (Grapholita molesta) aniqlangan. Ushbu hashorot boshqa navli mevalar uchun ham xavfli hisoblanadi. Vaholanki, ushbu mahsulotlar Miliy oʻsimliklar karantini tashkiloti tomonidan berilgan sertifikatlar asosida qirgʻizistonga yetkazib berilgan.

Undan tashqari, 12 noyabr kuni Dostuk chegara postida 35 tonna xurmo, behi, noʻxatdan iborat mahsulot amal qilmaydigan fitosanitar sertifikati va qaodoqlari markirovkasiz holda olib oʻtilayotgani aniqlangan.

“YEOII talablariga binoan va Qirgʻiziston qonunchiligiga koʻra tizimli ravishda karatntinli mahsulotlar olib kirish holatlari aniqlanganda Oʻzbekistondan ushbu mahsulotlarni olib kirishga vaqtinchalik cheklov qoʻyilishi mumkin”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Ushbu munosabat bilan Qirgʻiziston Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekistonda oʻsimliklar karantiri bilan shugʻullanuvchi tashkilotga ogohlantiruvchi xat yuborgan.

Asosiy mavzular