O‘zbekiston va Qozog‘iston investitsiyalar uchun raqobat qiladi – XVJ  

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishU zdaniya Mejdunarodnogo valyutnogo fonda v Vashingtone
U zdaniya Mejdunarodnogo valyutnogo fonda v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qisqa vaqt ichida yirik va murakkab islohotlarni amalga oshirishga bel bog‘lagan O‘zbekiston investitsiyalar bo‘yicha Qozog‘istonning raqobatchisiga aylanmoqda – XVJ vakili.

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. O‘zbekiston iqtisodining tobora ochilib borayotgani, xalqaro sarmoyalar uchun uni Markaziy Osiyoda Qozog‘istonning raqobatchisiga aylantiradi, deb xabar qilmoqda Blumberg agentligi.

“O‘zbekiston investitsiyalar uchun Qozog‘iston bilan sog‘lom raqobat qiladi. Ushbu “bellashuv” ikkala davlatni ham o‘z iqtisodini yanada shaffof qilishga, mamlakatda siyosiy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun mahkam ishlashga undaydi”, - dedi seshanba kuni Nur-Sultonda XVJning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mark Xorton.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston aholi Qozog‘istondan 1,5 baravar ko‘p bo‘lsada, uning iqtisodi Qozog‘istondan 3 baravar kichik.

Xorton aytishiga qaraganda O‘zbekiston XVJ maslahatlari va yordamidan “chanqoqlik bilan” foydalangan holda qisqa vaqt ichida keng ko‘lamli va murakkab islohotlarni amalga oshirishga bel bog‘lagan.

Shuningdek, Xorton O‘zbekistonning katta bozorini, rivojlangan sanoatini alohida qayd etib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0