Toshkent aeroporti xususiylashtirilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNoviy mejdunarodniy terminal aeroporta Tashkent
Noviy mejdunarodniy terminal aeroporta Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aeroportlar faoliyatini samarali boshqarish maqsadida, davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlari joriy etilishi mumkin.

TOShKENT, 15 noya – Sputnik. O‘zbekistonda aeroportlar xususiylashtirilishi mumkin, bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Yaponiyaning “Sumitomo korporeyshn” delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda aeroportlar faoliyatini samarali boshqarishda, dunyo tajribasida kelib chiqqan holda, davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlaridan oqilona foydalanish istiqbollari muhokama qilindi.  

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportini konsessiya usulida boshqarish loyihasi bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Termiz aeroportlarida ushbu mexanizm asosida boshqarishga qiziqish borligi e’tirof etildi,- deyligan xabarda.  

Shuningdek, «O‘zbekiston aeroportlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga yaponiyalik ekspertlarni jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Xalqaro aeroportlar reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi Yaponiyaning Narita, Fukoka, Senday, Kansay va Xokkaydo aeroportlari, ulardagi boshqaruv tizimi, foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar haqida fikr mulohazalar bildirildi.

Yangiliklar lentasi
0