12:23 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Denejnыe kupyurы Rossii i SSHA

Frantsiyada Rossiyaning dollardan voz kechishdagi muvaffaqiyati qayd etildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov
Iqtisod
Havola olish
978 0 0

Frantsuz OAVlari Rossiyaning dollardan voz kechishdagi muvaffaqiyatlarini qayd etishdi. Taʼkidlanishicha, Rossiya AQSH dollaridan mustqaqil boʻlish yoʻli sari bormoqda.

TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. Frantsuz OAVlari Rossiyaning dollardan voz kechishdagi muvaffaqiyatlarini qayd etishdi. Rossiya AQSH dollaridan mustqaqil boʻlish yoʻli sari bormoqda, deya yozadi Les Echos nashri.

Maqola muallifi Moskva 2014 yilda AQSH bilan munosabatlarda keskinlik yuzaga kelgandan soʻng iqtisodiyot va moliya tizimining dedollarizatsiya jarayonini boshlaganini eslatgan.

Maqolada Rossiya AQSH bilan munosabatlari keskin boʻlgan mamlakatlar Iron, Xitoy va Turkiya kabi mamlakatlar bilan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisida bitim tuzgani qayd etilgan. Qolaversa, Rossiya BRIKS mamlakatlari valyutalaridagi zaxiralar sonini oshirgan.

Shuningdek, Rossiya 2018 yilda 17 foizga tushib ketgan rubl kursini barqarorlashtirishga erishgani taʼkidlangan. Joriy yil boshidan Rossiya valyutasi oʻsishini qayta tiklagan – uning kursi Amerika valyutasiga nisbatan 7,6 foizga koʻtarilgan.

Putin Rossiya nega dollardan voz kechishi kerakligini tushuntirdi

Asosiy mavzular