14:07 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
495 0 0

Oʻzbekiston esportining asosini oltin hamda neft mahsulotlari tashkil qilmoqda - Statistika qoʻmitasi.

TOSHKENT, 18 noya – Sputnik. 2019 yilning 10 oyida Oʻzbekistonda oltin eksporti ulushi oʻtgan yilning ushbu davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Bu haqida Davlat Statistika qoʻmitasi xabar qilmoqda. 

Xususan 2018 yilning 10 oyida Oʻzbekiston 2,5 milliard AQSH dollariga oltin eksport qilgan boʻlsa, 2019 yiling ushbu davrida 4 milliard dolardan oshgan. Oʻsish - 62,5 %ni tashkil qilgan. Buni qoʻyidagi chizmada ham koʻrish mumkin.

Oʻzbekiston eksporti tarkibi

Oʻzbekiston umumiy eksporti tarkibida eng katta ulushga ega boʻlgan mahsulotlar quyidagicha boʻlgan:

  1. Oltin – 27,3 % ($4 mlrd.)
  2. Xizmatlar – 19,2 % ($2,8mlrd.)
  3. Energiya manbaalari va neft mahsulotlari – 16,6 %  ($2,4 mlrd.)
  4. Toʻqimachilik mahsulotlari – 8,9 % ($1,3 mlrd.)
  5. Oziq-ovqat mahsulotlari - 8,7 % ($1,2 mlrd.)

Hisobotda aytilishiga koʻra, ushbu davr mobaynida Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi oʻtgan yilga nisbatan 34 %ga oshgan. Shundan Eksport oʻsish surʼati – 43,3 %ni, import oʻsish surʼati 28,5 % ni tashkil qilgan.

Tashqi savdo faoliyatida Oʻzbekistonning yetakchi hamkori Xitoy Xalq respublikasi boʻlib qolmoqda. Uning tashqi savdodagi ulushi 19 %ni tashkil qildi. Ikkinchi oʻrinda – 15 % ulush bilan – Rossiya va uchinchi oʻrinda Qozogʻiston – 8,4 %. Ulardan keyin Janubiy Koreya – 6,5 % va Turkiya – 5,9 %.

Asosiy mavzular